2023-yilning yanvar-iyun oylarida yetishtirilgan dehqonchilik mahsulotlarining umumiy hajmi 59,0 trln. soʻmni yoki 2022-yilning mos davriga nisbatan 104,3 % ni tashkil etdi.

Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2023- yil yanvar-iyun oylarida jami 383 dona avtobus ishlab chiqarilgan.

 Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2023- yilning yanvar-iyun oylarida transport xizmatlari hajmi 49,1 trln so‘mni tashkil etgan.

Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2023- yilning yanvar-iyun oylarida 11 ta davlatga qiymati 16,7 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 79,9 ming tonna qovun eksport qilgan.

Xorazm viloyatida 2023- yil yanvar-iyun oylarida aholi mablag‘lari hisobidan jami asosiy kapitalga 318,9 mlrd so‘mlik investitsiya  o‘zlashtirilgan bo‘lib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 0,5 %ga oshgan.

Joriy yilning 6 oyida viloyatning  xizmatlar eksporti hajmi 6,7 mln AQSH dollarini yoki jami eksport hajmining 4,1 %ini tashkil etgan.

2023- yil yanvar-iyun oylari yakuni bo‘yicha Xorazm viloyatidan xorijga  umumiy eksportning 25,9 % ini tashkil etgan  42,1 mln AQSH dollarilik to‘qimachilik mahsulotlari eksporti amalga oshirilgan.

2023- yilning yanvar-iyun oylarida viloyat YAHM tarkibida xizmatlar sohasining ulushi 38,6 %ni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 103,6 % darajada qayd etilgan.

2023- yilning yanvar-iyun oylarida Xorazm viloyati sanoatida 1915,0 mlrd so‘mlik to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarilgan.

Xorazm viloyati bo‘yicha 2023- yilning yanvar-iyun oylarida ulgurji savdo tovar aylanmasi 2 903,3 mlrd so‘mni tashkil etib, 2022- yilning mos davriga nisbatan 5,4 % ga ko‘paydi.

Joriy yilning 6 oyida viloyatimizda 3 100 ta yangi  kichik biznes subyekti tashkil etilgan.

V iloyatimizda  2023- yil 1- iyul holatiga faoliyat yuritayotgan kichik korxona va mikrofirmalar soni jami 23 152 tani tashkil etgan.

2023- yilnig yanvar-iyunida YAHM tarkibida kichik tadbirkorlik subyektlarining ulushi 68,3% ni tashkil qilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Xorazm viloyatida 2023- yilning yanvar-iyun oylarida qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi tarmog‘ining ijobiy o‘sish sur’atiga asosan quyidagi mahsulotlarning 2022- yilning mos davriga nisbatan yuqori o‘sish sur’ati qayd etilganligi orqali erishildi:

2023- yilning yanvar-iyun oylarida viloyat bo‘yicha hajmi 130,3 mlrd so‘mlik sog‘liqni saqlash xizmatlari ko‘rsatilgan bo‘lib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 111,1 %ni tashkil qilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, viloyat bo‘yicha nikohdan ajrashish holatlari  soni 2023- yilning yanvar- iyun oylarida 1274 tani, har 1000 aholiga nikohdan ajralishlar koeffitsiyenti 1,3 promilleni tashkil etgan.

Xorazm viloyatida, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2023- yilning  yanvar-iyun oylarida ishlab chiqarilgan qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi mahsulot (xizmat)larining umumiy hajmi 10026,4 mlrd soʻmni tashkil qilgan.

Xorazm viloyatida 2022- yilda 2 ta (qo‘g‘irchoq va musiqiy) teatr faoliyat yuritgan bo‘lib, yil davomida ularda 463 ta spektakl namoyish etilgan.