09/02/2024

2024- yilning 9- fevral kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasida huquqiy savodxonlikni oshirish bo‘yicha navbatdagi seminar bo‘lib o‘tdi.


Xodimlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish va ularning qonunchilikdagi yangiliklardan xabardorlik darajasini oshirishga yo‘naltirilgan bu galgi seminarda ishtirokchilarga “Quyi bo‘g‘inda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi  2024- yil 5- yanvarda qabul qilingan PQ-5- sonli, shu yilning 9– yanvarida qabul qilingan “Tadbirkorlik sohasidagi majburiy talablarni qisqartirish hamda litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-8-sonli Prezident qarorlari tanishtirildi.


Boshqarma bosh yuriskonsulti I.Otajonov qarorlarning mazmun-mohiyati va ularning amaliyotga tadbiq etilishi bilan kiritilayotgan o‘zgarishlar yuzasidan batafsil tushuntirish berib o‘tdi.


Axborot xizmati