2023- yilning yanvar-dekabr oylarida Gurlan tumanining tashqi savdo tovar aylanmasi hajmi 2022 yilning mos davriga nisbatan 57,6 %ga oshgan va 32,6 mln AQSH dollarini tashkil qilgan.
TSA tarkibida eksport – 23,7 mln dollarni, import – 8,8 mln dollarni tashkil etgan.
Gurlan tumani ko‘rilayotgan davrda xorijga eng ko‘p oziq-ovqat mahsulotlari (16,9 mln dollar) eksportini amalga oshirgan.
Import tarkibida yuqori hajm mashina va transport uskunalari hissasiga to‘g‘ri kelgan va 3,0 mln dollarni tashkil etgan.
Axborot xizmati