2023- yil yanvar-avgust oylarida viloyatimiz bo‘yicha aholi jon boshiga ko‘rsatilgan bozor xizmatlari  hajmi 4 021,7 ming so‘mga yetdi.

Viloyat bo‘yicha 2023- yilning yanvar-avgust oylarida uyushmagan savdo tovar aylanmasi 1 416,8 mlrd so‘mni tashkil etib, o‘tgan  yilning yanvar-avgust oylari bilan solishtirilganda o‘sish sur’ati  104,2 % ni tashkil qildi.

2023- yilning yanvar-avgust oylarida viloyatimiz bo‘yicha ko‘rsatilgan moliyaviy xizmatlar hajmi 1 827,1 mlrd so‘mni tashkil etdi.

2023- yil yanvar-avgust oylarida  Xorazm viloyatining MDH mamlakatlari bilan tashqi savdo aylanmasi hajmi 186,6 mln  AQSH dollarini tashkil etdi.

2023- yilning  yanvar-avgust oylarida Xorazm viloyati 130 ta xorijiy davlat bilan tashqi savdo aloqalarini amalga oshirgan.

2023-yil 1- sentabr holatiga viloyatimizda axborot va aloqa sohasida 377 ta korxona va tashkilot faoliyat yuritgan.

2023- yilning  1- sentabr davriga  chet el kapitali ishtirokida faoliyat yuritayotgan korxonalar tarkibida eng yuqori ulush Turkiya Respublikasi hissasiga to‘g‘ri kelgan.

2023- yilning 1- sentabr holatiga viloyatimizda faoliyat yuritayotgan oilaviy korxona va tashkilotlarning hududlar kesimida taqsimlanishi:

2023- yilning 1- yanvar  holatiga ko‘ra, Xorazm viloyatida mavjud  75 ta shifoxona muassasasida barcha mutaxassisliklar bo‘yicha 5,6 ming nafar vrach, 17,2 ming nafar o‘rta tibbiyot xodimi faoliyat olib borgan olib borgan.

Joriy yilning 1- sentabr holatiga Xorazm viloyatida xorijiy kapital ishtirokida faoliyat yuritayotgan korxonalar soni 126 tani tashkil etgan.

Bugun, 22- sentabr kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasida “Huquqiy targ‘ibot” tadbiri doirasida mamlakatimizda qabul qilingan yangi me’yoriy-huquqiy hujjatlar targ‘ibotiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

2023- yilning 20- sentabridan e’tiboran viloyatimizning barcha hududlarida savdo faoliyati bilan yakka tartibda shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslar tomonidan isteʼmol tovarlarini sotilish hajmini o‘rganishga qaratilgan 4 savdo (JSH) tanlanma statistik kuzatuvi o‘tkazilmoqda.

Viloyatimizda savdo faoliyati bilan yakka tartibda shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslar  tomonidan isteʼmol tovarlarini sotilish hajmini o‘rganishga qaratilgan 4 savdo (JSH) tanlanma statistik kuzatuvi  o‘tkazilmoqda.

Joriy yilning 21- sentabr kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasi bosh yuriskonsulti I.Otajanov tomonidan  “Urganch baxmal” MCHJ da huquqiy targ‘ibot doirasida navbatdagi o‘quv seminari tashkil etildi.

2023- yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, Xorazm viloyati bo‘yicha xizmatlar sohasida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi 5 876,0 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2022-yilning yanvar-iyun oylariga nisbatan 3,6 % ga o‘sdi. Kuzatilayotgan davrda YAHM tarkibida mazkur tarmoqning ulushi 38,6 % ni tashkil etdi.

2023-yilning 1-sentabr holatiga ko‘ra, respublikamizda axborot va aloqa sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni 10 036 ta bo‘lib, joriy yilning yanvar-avgust oyida ushbu sohada 2 048 ta yangi korxona tashkil etilgan.

2023-yilning avgust oyida FHDYO organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha 97 250 nafar tirik tugʻilish holatlari qayd etilgan.

2023- yilning  1- sentabr holatiga ko‘ra Xonqa tumanida davlat ro‘yxatidan o‘tgan korxona va tashkilotlar soni 2 271 tani tashkil etib, shundan 1 807 tasi  (79,6 %) faoliyat yuritgan.