2024- yilning yanvar-sentabrida viloyatimizda barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 477,3 ming tonna jami don yetishtirildi.
Xo‘jalik toifalari orasida jami don yetishtirishning eng katta hajmi fermer xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri keldi va 346,2 ming tonna yoki umumiy yetishtirish hajmidan 72,5 % ini tashkil qildi.
2023- yilning mos davriga nisbatan fermer xo‘jaliklarida 32,8 %, dehqon va tomorqa xo‘jaliklarida 0,7 %, qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarda 16,5 % o‘sish qayd etildi.
Axborot xizmati