Aholi jon boshiga asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar 2024- yilning yanvar-sentabrida 4414,2 ming so‘m yoki 110,5 % ni tashkil etdi.
Aholi jon boshiga asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi bo‘yicha yuqori ko‘rsatkich Xiva shahriga to‘g‘ri kelib, 7347,3 ming so‘mni yoki o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish 2,9 martani tashkil etdi.
Bu ko‘rsatkich Yangibozor tumanida 6536,5 ming so‘m (184,5 %), Gurlan tumanida 2779,1 ming so‘m (152,2 %) va Qo‘shko‘pir tumanida 5318,9 ming so‘m (131,5 %) darajada qayd etildi.
Axborot xizmati