2025- yil 1- sentabr holatiga umumiy ovqatlanish sohasida faoliyat yuritayotgan tijorat korxonalari soni 1 439 tani tashkil etib, shundan, faoliyat ko‘rsatayotgan yirik korxonalar soni 4 tani, kichik korxona va mikrofirmalar soni 1 435 tani tashkil qildi.

Joriy yilning 8 oyida viloyatimizda kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan 3 265,6 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2024- yilning mos davriga nisbatan 109,4 % ni tashkil qildi.

2025- yilning 1- sentabr holatiga Hazorasp tumanida 157 ta oilaviy korxona  ro‘yxatga olingan bo‘lib, shundan 119 tasi (75,8 %) faoliyat yuritgan.

Joriy yilning 1- sentabr holatiga Tuproqqal’a tumanida 954 ta korxona va tashkilot ro‘yxatga olingan.

2025- yilning yanvar-avgustida viloyat bo‘yicha 3,3 trln so‘mlik  moliyaviy xizmatlar ko‘rsatilgan.

2025- yilning  yanvar-avgust oylarida viloyatimizning sanoat mahsulotlari eksporti 56,7 mln AQSH dollarini tashkil etdi.

2025- yilning yanvar-avgust oyida ovqatlanish korxonalarining savdo aylanmasi 7 617,1 mlrd so‘mga yetdi.

2025- yil yanvar-avgust oylariida viloyatimiz xorijga qiymati 129,2 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 82,2 ming tonna meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilgan.

2024-yilda Xorazm viloyatida 29 ta turistik firma va tashkilot faoliyat yuritib, ular  tomonidan 521,3 kishiga xizmat koʻrsatilgan.

Joriy yilning 1- sentabr holatiga viloyatimizda faoliyat  ko‘rsatayotgan 176 ta xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalarning  37 tasi (umumiy sonning 21,0 % i) Rossiya hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Viloyatimizdagi suv bilan ta’minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yig‘ish va utilizatsiya qilish korxonalari tomonidan 2025- yilning yanvar-avgust oylarida ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 153,1 mlrd so‘mga to‘g‘ri keldi.

Joriy yilning yanvar–avgust oylarida viloyatimizda faoliyat yuritayotgan yirik qurilish tashkilotlari tomonidan umumiy hajmi 695,9 mlrd so‘mlik ishlar bajarilgan.

2025- yilning 1- sentabr holatiga Xonqa tumanida 1 901 ta kichik biznes subyekti faoliyat yuritgan.

2025- yilning yanvar-avgust oylarida viloyatimizda 715,0 mlrd so‘mlik ta’lim xizmatlari ko‘rsatilgan.

2024- yil yakunida Xorazm viloyatida faoliyat yuritayotgan ambulatoriya-poliklinika muassasalari soni 502 taga yetdi va 2023- yilga nisbatan 31 taga, ya’ni 5,8 % ga kamaydi.

Joriy yilning 10- oktabr kuni viloyat statistika boshqarmasida huquqiy targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Joriy yilning  1-sentabr holatiga viloyatimizda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat yuritayotgan korxonalar soni 176 tani tashkil etdi.