Joriy yilning yanvar-iyun oylarida Xonqa tumanida 524,9 mlrd soʻmlik qurilish ishlari amalga oshirilgan boʻlib, oʻsish surʼati 2025- yilning mos davriga nisbatan 129,3 % ni tashkil etdi.
Bajarilgan qurilish ishlarining asosiy qismi yirik tashkilotlar hissasiga toʻgʻri kelib, ular tomonidan 199,3 mlrd soʻmlik, umumiy hajmning 38,0 %iga teng boʻlgan ishlar amalga oshirildi.
Shuningdek, koʻrilayotgan davrda kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan 174,2 mlrd soʻmlik, norasmiy sektor tomonidan 151,4 mlrd soʻmlik ishlar bajarilgan.

Axborot xizmati



