29/07/2026

Viloyatimizda joriy yilning yanvar-iyun oylarida aholi jon boshiga sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishning oʻrtacha hajmi 8 961,7 ming soʻmga toʻgʻri keldi.

Ushbu koʻrsatkich Tuproqqalʻa tumanida (105 697,8 ming soʻm), Urganch shahrida (17 626,1 ming soʻm)  yuqori boʻlgan.

2025-yilning mos davriga nisbatan oʻsish surʼati viloyat boʻyicha 106,7 % ni tashkil etgan boʻlib, yuqori natija Xiva shahrida (116,5 %), Bogʻot (116,3 %), Gurlan (114,4 %), Yangiariq (113,0 %), Qoʻshkoʻpir (112,6 %) va Hazorasp tumanlarida (112,2 %) qayd etildi.

 

Axborot xizmati