Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024- yilning 1- yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda mobil aloqa bilan ta’minlangan abonentlar soni qariyb 34,2 mln nafarni tashkil etgan.

2023- yil yanvar-dekabr oylarida  viloyatimizga 235,0 mln AQSH dollarlik mashina va transport asbob-uskunalari importi qilingan bo‘lib, import hajmi 2022 yilning shu davriga nisbatan 33,6 mln AQSH dollariga oshdi.

2023- yilning yanvar- dekabr oylarida Qo‘shko‘pir tumanida  403,3 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan bo‘lib, 2022 yilning mos davriga nisbatan  o‘sish sur’ati 112,4 %ni tashkil qilgan.

2023- yilning yanvar-dekabr oylarida Xorazm viloyati xorijdan qiymati 41,0 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan sanoat mahsulotlarini import qilgan.

2023- yilning yanvar-dekabr oylarida viloyatimiz sanoatida 1 730,8 mlrd so‘mlik ichimliklar ishlab chiqarilgan.

2024- yilning  1- yanvar holatiga Urganch shahrida 659 ta oilaviy korxona faoliyat yuritgan bo‘lib, shundan 31,7 %i yoki 209 tasi savdoda faoliyat yuritgan.

2023- yilning yanvar-dekabr oylari yakunlariga ko‘ra, viloyatimizda avtotransport vositalari, treyler va yarim tirkamalar ishlab chiqarish sanoatining ishlab chiqaradigan sanoat tarkibidagi ulushi 43,2 % ni, ishlab chiqarish hajmi 8 826,9 mlrd so‘mni tashkil etdi.

2023- yilning yanvar-dekabr oylarida viloyatimizda asosiy kapitalga investitsiya va kreditlarning iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha o‘zlashtirilishi:

2023- yilning 12 oyida viloyatda 2 322 ta nikohdan ajralish holatlari qayd etilgan bo‘lib, 2022- yilning mos davriga nisbatan ular sonining o‘sishi 8,7 %ni tashkil qilgan. 

2023- yilning yanvar-dekabr oylarida Gurlan tumanida 1 338 ta nikoh qayd etilgan bo‘lib, 2022- yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 110,9 %ni tashkil qilgan.

2024- yilning  1- yanvar holatiga  viloyatimizda yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida 834 ta oilaviy korxona faoliyat yuritgan bo‘lib, shundan 22,3 %i yoki 186 tasi Xiva shahri hissasiga to‘g‘ri kelgan.

2023- yilning yanvar-dekabr oylarida viloyatimizda norasmiy sektor tomonidan bajarilgan qurilish ishlari jami hajmi (2,3 trln so‘m)ning tarkibida:

Xorazm viloyatida 2023- yilning 12 oyi yakunlariga ko‘ra, 653 422 tonna sabazavot yetishtirilgan bo‘lib, jami hajmning hududlar kesimidagi taqsimoti quyidagicha bo‘lgan:

2023- yilning yanvar-dekabr oylarida barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan  148,1 ming tonna kartoshka yetishtirilgan.

Xorazm viloyatida 2023- yilning 12 oyi yakunlariga ko‘ra, norasmiy sektor tomonidan bajarilgan qurilish ishlari umumiy hajmning 41,3 %ini yoki 2 318,9 mlrd so‘mni tashkil qilgan.

2023- yilning yanvar-dekabr oylarida Xonqa tumanida yetishtirilgan qishloq xo‘jalik mahsulotlari hajmi 2 832,8 mlrd so‘mni tashkil etib, 2022- yilning tegishli davriga nisbatan 4,5 %ga o‘sgan.

2023- yilning yanvar- dekabr oylarida Yangiariq tumanida  259,6 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan bo‘lib, shundan 90,7 mlrd so‘mi kichik korxona va mikrofirmalar hissasiga to‘g‘ri kelgan.

2024- yilning 2- fevral kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasida xodimlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, tizimda korrupsiya bilan bog‘liq holatlarning oldini olish va bu bo‘yicha mavjud qonunchilik normalaridan xabardor qilishga qaratilgan seminar bo‘lib o‘tdi.