07/03/2025

2025- yilning 7- mart kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasida huquqiy savodxonlikni oshirish bo‘yicha seminar bo‘lib o‘tdi.
Xodimlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish va ularning qonunchilikdagi yangiliklardan xabardorlik darajasini oshirishga yo‘naltirilgan seminarda ishtirokchilarga joriy yilning 13- fevralida qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi  O‘RQ- 1030-sonli Qonun tanishtirildi.


Boshqarma bosh yuriskonsulti I.Otajonov qonunning mazmun-mohiyati va amaliyotga tadbiq etilishi bilan kiritilayotgan o‘zgarishlar yuzasidan batafsil tushuntirish berib o‘tdi.

Shuningdek, seminarda joriy yilning 24- fevralida qabul qilingan “Statistika ishlarini tashkil etish va yuritish tizimini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-27-sonli Prezident Farmonining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berildi.



Axborot xizmati