11/03/2025

2025- yilning yanvar oyida Urganch shahrida 82 ta yangi kichik biznes subyekti tashkil etilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkichning faoliyat yuritayotganlar soniga nisbati 2,0 % ni tashkil qilgan.

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha eng ko‘p yangi kichik biznes subyekti  savdo (25 ta)  hamda yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar (14 ta) sohasida tashkil etilgan.

Ma’lumot o‘rnida: 2025- yilning yanvar oyida viloyat bo‘yicha yangi tashkil etilgan kichik biznes subyektlari soni 472 tani tashkil etib, shundan 17,4 %i Urganch shahri hissasiga to‘g‘ri kelgan.

 

Axborot xizmati