2024- yilning  yanvar-noyabr oylarida Xiva tumanida  1 628 ta tadbirkorlik subyektlari faoliyat yuritdi.

2024- yilning  11 oyi yakunlariga ko‘ra, viloyatimiz eksporti hajmi 378,4 mln AQSH dollarini tashkil etdi va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 34,9 % ga ko‘paydi.

2024- yilning  yanvar-noyabr oylarida Xorazm viloyatining Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo davlatlar (Rossiya, Qirg‘iz Respublikasi, Qozog‘iston, Belarus va Armaniston) bilan tashqi savdo aylanmasi 270,9 mln AQSH dollarini tashkil etdi.

2024- yilning 1- dekabr holatiga Shovot tumanida ro‘yxatdan o‘tgan korxona va tashkilotlar soni 2 527 tani tashkil etdi.

2024- yilning yanvar-noyabr oylarida  Qo‘shko‘pir tumanida 401,9  mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan bo‘lib, shundan  48,5 %i yoki 194,9 mlrd so‘mi norasmiy sektor hissasiga to‘g‘ri kelgan.

2024- yilning yanvar-noyabr oylarida  viloyatimizda 847,0 mlrd so‘mlik aloqa va axborotlashtirish xizmatlari ko‘rsatilgan.

2024- yilning yanvar-noyabr oylarida  yirik sanoat korxonalari tomonidan 37,3 ming tonna paxtadan yigirilgan ip ishlab chiqarilgan bo‘lib, o‘tgan yilning yilning mos davri o‘sish sur’ati 125,8 % ni tashkil qilgan.

2024-yilning  1- dekabr holatiga Xonqa tumanida 1 887 ta kichik biznes subyektlari faoliyat yuritgan.

2024- yilning  yanvar-noyabr oylarida viloyat bo‘yicha 3 730,3 mlrd so‘mlik savdo xizmatlari ko‘rsatilgan va o‘tgan yilning tegishli davri bilan solishtirilganda 113,4 % o‘sish sur’ati qayd etildi.

2024- yilning yanvar-noyabr oylarida yakunlariga ko‘ra, viloyat ishlab chiqaradigan (qayta ishlaydigan) sanoati hajmi 26,0 trln so‘mni, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan ishlab chiqarishning fizik hajm indeksi 109,4 %ni tashkil qilgan.

2024- yilning yanvar-noyabr oylarida viloyatimizdan xorijga 107,8 mln AQSH dollari qiymatidagi sanoat mahsulotlari eksporti amalga oshirildi.

2024- yilning yanvar-noyabr oylarida Urganch tumanining chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 1,6 trln so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda 5,6 % oshdi.

2024- yilning yanvar-noyabr oylarida viloyatimizda 1,8 trln so‘mlik fuqarolik obyektlari qurilish ishlari bajarilgan bo‘lib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan hajmning 28,7 % ga o‘sishi kuzatilgan.

Xorazm viloyatining barcha hududlarida savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyatini o‘rganish bo‘yicha 4 savdo (YATT) tanlanma kuzatuvi o‘tkazila boshlandi.

Aholini ro‘yxatga olish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida viloyatimiz hududlarida statistika organlari tomonidan reja-jadval asosida mahallalardagi raqamlanmagan xonadonlarni raqamlashtirish va nom belgilari o‘rnatilmagan ko‘chalar holatini o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Xorazm viloyatining barcha hududlarida savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyatini o‘rganish bo‘yicha 4 savdo (YATT) tanlanma kuzatuvi o‘tkazila boshlandi.

2024- yilning 1- dekabr holatiga chet el kapitali ishtirokidagi faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 15 450 tani tashkil etgan.

 Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2024- yilning yanvar-noyabr oylarida xorijdan qiymati 215,3 mln AQSH dollariga 22 223 ta elektromobil import qilgan.