Joriy yilning yanvar-fevral oylarida viloyat sanoatida 45,8 mlrd so‘mlik kiyim ishlab chiqarilib, 2024- yilning tegishli davriga nisbatan ishlab chiqarishning fizik hajm indeksi 112,6 % ni tashkil etdi.
Bu ko‘rsatkich ishlab chiqaradigan sanoat umumiy hajmining 1,1 % ulushiga tengdir.
So‘nggi 5 yilda (yanvar-fevral oylari) kiyim ishlab chiqarishning fizik hajm indeksi quyidagi dinamikaga ega bo‘lgan:
2021- yilda – 93,1 %
2022- yilda – 79,7 %
2023- yilda – 104,4 %
2024- yilda – 211,5 %
2025- yilda – 112,6 %.
Axborot xizmati