Joriy yilning yanvar-fevral oylarida  Bog‘ot tumanida 128,1 mlrd so‘mlik  xizmatlar ko‘rsatilgan.

2024- yil yanvar-fevral oyi natijalariga koʻra, Xiva shahrida 112,2 mlrd so‘mlik bozor xizmatlari ko‘rsatilgan bo‘lib, shundan  22,2 mlrd so‘mini (19,8 %ini) ta’lim xizmatlari tashkil etgan.

2024- yilning yanvar-fevral oylarida Gurlan tumanida norasmiy sektor tomonidan 13,6 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan.

2024- yilning  yanvar-fevral oylarida Xorazm viloyatining Turkiya bilan tashqi savdo tovar aylanmasi hajmi 7,7 mln AQSH dollarini tashkil etib, jami tashqi savdo aylanmasining 6,0 %iga to‘g‘ri kelgan.

Viloyatimizning mashinasozlik sanoatida 2024- yilning yanvar-fevral oylarida jami 11 752 dona yengil avtomobil ishlab chiqarildi.

2024- yil yanvar-fevral oylarida viloyat sanoatida elektr, gaz, bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 108,1 mlrd so‘mni tashkil etgan.

2024- yilning yanvar-fevral oyida viloyatdagi  kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan  503,3 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan ishlab chiqarish hajmi 62,0 mlrd so‘mga oshgan.

2023- yil yakunlariga ko‘ra, Xorazm viloyatida kichik biznesning yalpi hududiy mahsulotdagi ulushi 69,7 % ni tashkil etdi.

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023- yil yakunlariga ko‘ra, aholi jon boshiga hisoblangan yalpi ichki mahsulot hajmi joriy narxlarda 29 291 ming so‘m (yoki 2 496 AQSH dollari ekvivalentida)ni tashkil etdi.

 Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024- yilning mart oyida iste’mol sektoridagi tovarlar va xizmatlar o‘rtacha 0,7 % ga oshgan. 

Joriy yilning yanvar-fevral oylarida viloyatimizda shaxsiy xizmatlarning hajmi 85,4 mlrd so‘mni tashkil etib, 2023- yilning tegishli davri bilan solishtirilganda 13,5 %ga oshgan.

2024- yilning 2 oyida viloyatimizda 549,4 mlrd so‘mlik transport xizmatlari ko‘rsatilgan bo‘lib, umumiy hajmning hududlar kesimidagi taqsimoti quyidagicha bo‘lgan:

Gurlan tumanida faoliyat yuritayotgan  220 ta sanoat korxonasi tomonidan joriy yilning yanvar-fevral oylarida  111,4 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan.

2024- yilning  yanvar-fevral oylarida viloyatimiz xorijiy davlatlarga qiymati  29,4 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan meva-sabzavotlarni eksport qildi.

2024- yilning yanvar-fevral oyida Yangibozor tumanida 88,6 mlrd so‘mliq xizmatlar ko‘rsatilgan bo‘lib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 15,5 %ga oshgan.

2024- yilning  1- mart holatiga Urganch tumanida 2 532 ta kichik biznes sub’ektlari faoliyat yuritgan.

Joriy yilning 1- mart holatiga Qo‘shko‘pir tumanida 2 834 ta korxona va tashkilot ro‘yxatga olingan bo‘lib, shundan 2 143 tasi (75,3 %i) faoliyat ko‘rsatgan.

2024- yilning yanvar-fevral oylarida Yangiariq tumanida faoliyat yuritgan sanoat korxonalari tomonidan  124,4 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan.