28/05/2025

2025- yilning yanvar-aprel oylarida Urganch tumanida mavjud sanoat korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi 448,3 mlrd soʻmni tashkil qilgan.

Oʻtgan yilning tegishli davri bilan baqqoslaganda, ishlab chiqarishning fizik hajm indeksi 101,6 % ni tashkil etgan.

Viloyat sanoatida tumanning ulushi 4,7 % ga teng boʻlgan.

Iqtisodiy faoliyat turiga koʻra, eng yuqori hajm ishlab chiqaradigan sanoat (440,2 mlrd soʻm) va suv bilan taʼminlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yigʻish va utilizatsiya qilish sanoatiga (8,0 mlrd soʻm) toʻgʻri kelgan.

 

Axborot xizmati