2025- yilning 1- may holatiga viloyatimizda yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlar sohasida 1 585 ta korxona faoliyat yuritgan boʻlib, shundan 1 568 tasini kichik biznes subyektlari tashkil qilgan.
Oʻtgan yilning 1- mayiga nisbatan sohada kichik korxona va mikrofirmalar soni 37 taga kamaygan.
Hududlar kesimida yashash va ovqatlanish yoʻnalishida eng koʻp kichik biznes subyekti Urganch shahri (373 ta), Xiva shahri (271 ta), Urganch tumani (162 ta) va Shovot tumanida (103 ta) faoliyat koʻrsatgan.
Axborot xizmati