2024- yilning 1- sentabr holatiga Xonqa tumanida 1 851 ta tadbirkorlik subyekti faoliyat yuritgan bo‘lib, tashqiliy-huquqiy shakliga ko‘ra ularning tarkibida:

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2024- yilning yanvar–iyun oylarida respublikamizda dehqon va tomorqa xo‘jaliklari tomonidan 5015,8 ming tonna sut sog‘ib olingan.

2024- yilning yanvar-avgust oylarida respublikamizda  taʼlim sohasidagi xizmatlar hajmi 14 965,5 mlrd soʻmni yoki koʻrsatilgan bozor xizmatlari umumiy hajmining 4,1 % ini tashkil etgan.

Xorazm viloyatida 2024- yilning 1- yanvar holatiga faoliyat yuritayotgan shifoxonalar  soni 75 tani tashkil etib, shundan 42 tasi kichik tadbirkorlik (biznes) subyekti hisoblanadi.

2024- yilning yanvar-avgust oylarida Yangibozor tumanida 356,9 mlrd so‘mlik bozor xizmatlari ko‘rsatilgan bo‘lib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan umumiy hajmning 10,5 % ga o‘sishi kuzatildi.

2024- yil yanvar-avgust oylarida Yangiariq tumanining uyushmagan (dehqon va chorva bozorlari) savdo tovar aylanmasi hajmi 65,5 mlrd so‘mni tashkil qildi.

Urganch tumanida  2024- yilning 8 oyida  572,5 mlrd so‘mlik qurilish ishlari amalga oshirilgan bo‘lib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish 3,6 % darajada qayd etildi.

2024- yilning  yanvar-avgust oylarida Tuproqqal’a tumanida faoliyat yuritayotgan 143 ta sanoat korxonasi tomonidan  8 692,2 mlrd so‘mlik mahsulotlari ishlab chiqarilgan.

2024- yilning  yanvar-avgust oyi yakunlariga ko‘ra, Bog‘ot tumanining chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 465,9 mlrd so‘mni tashkil etib,o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 7,6 % ga oshgan.

Joriy yilning  1- sentabr holatiga  Qo‘shko‘pir tumanida ro‘yxatdan o‘tgan korxona va tashkilotlar soni 3 068 tani tashkil etib, shundan 2 173 tasi (70,8 % i) faoliyat yuritgan.

2023- yilda viloyatimizdagi kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan mahsulot (tovarlar, ishlar va xizmatlar) sotishdan tushgan sof tushum 19 959,2 mlrd so‘mni tashkil etgan.

2023- yilda viloyat bo‘yicha ayollar rahbarligidagi kichik korxona va mikrofirmalarning soni 2 335 tani, jami faoliyat ko‘rsatayotgan kichik korxona va mikrofirmalar hajmidagi ulushi 11,2 % ni tashkil etgan.

2024- yilning 8 yoida viloyatning tovar va xizmatlar eksporti hajmi 239,3 mln AQSH dollarini tashkil etgan.

Joriy yilning dastlabki 8 oyida Urganch shahrida 823,5 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2023- yilning yanvar-avgustiga nisbatan 106,1 % ni tashkil etdi.

2024- yilning 1- sentabr holatiga viloyatimizda tashish va saqlash xizmatlari sohasida 1 010 ta korxona faoliyat yuritgan.

2024- yilning 3- oktabr kuni viloyatimizning shahar va tumanlaridagi bir qator umumta’lim muassasalarida aholini ro‘yxatga olishga bag‘ishlangan seminarlar tashkil etildi.

Statistika agentligi tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan 2024- yilning yanvar-avgust holatiga ko‘ra, to‘rt va undan ko‘p bolali uy xo‘jaliklar 7,1 % ni tashkil etgan.

2024- yilning yanvar-avgust oylarida Oʻzbekiston Respublikasida yakka tartibdagi turar-joylar qurilishi boʻyicha 13,1 trln soʻm ishlar bajarilgan.