Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston 2025-yilning yanvar-may oylarida xorijga qiymati 10,6 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 6 832 tonna quritilgan oʻrik eksport qilgan.
Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 1,8 ming tonnaga yoki 36 % ga oshgan. Oʻzbekiston 2025-yilning 5 oyida eng koʻp quritilgan oʻrik eksport qilgan davlatlar:
Qozogʻiston – 1 792 tonna
Xitoy – 1 078 tonna
Turkiya – 1 023 tonna
Rossiya – 902 tonna
Belarus – 487 tonna
boshqa davlatlar – 1 550 tonna.
Matbuot xizmati