Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2025-yilning yanvar-may oylarida huquq va buxgalterlik hisobi sohasidagi xizmatlar sohasida koʻrsatilgan bozor xizmatlari hajmi 1 056,5 mlrd soʻmni tashkil etgan.
Bu koʻrsatkich 2024-yilning mos davriga nisbatan 257,5 mlrd soʻmga yoki 15,4 % ga oshgan.
Hisoblar tuzish, buxgalteriya hisobi va moliyaviy taftish (audit) sohasida xizmatlar, shuningdek, soliqqa tortish sohasidagi maslahat xizmatlari hajmi 738,2 mlrd soʻmni yoki huquq va buxgalterlik hisobi sohasidagi xizmatlar umumiy hajmining 69,9 % ini tashkil etgan.
Matbuot xizmati