2026-yil 1-oktabr holatiga viloyatimizda chakana savdo sohasida 6 017 ta tijorat korxonasi faoliyat koʻrsatgan boʻlib, shundan, yirik korxonalar soni 77 tani, kichik korxona va mikrofirmalar soni 5 940 tani tashkil qildi.

2026- yilning yanvar-sentabr  oylaridagi dastlabki maʻlumotlar boʻyicha, Xorazm viloyatida koʻrsatilgan bozor xizmatlari hajmi 33 917,5  mlrd soʻmni tashkil qildi.

Viloyat boʻyicha 2026- yilning 1-oktabr holatiga 25 722 ta kichik biznes subyekti faoliyat olib bormoqda.

Joriy yilning yanvar-avgust oylarida viloyat boʻyicha umumiy hajmi 5,3 trln soʻmlik transport xizmatlari koʻrsatildi.

Viloyatimizda 2026-yilning 15-oktabridan eʼtiboran boshlangan biznesni roʻyxatga olish tadbirini oʻz muddatida va sifatli oʻtkazish maqsadida Xorazm viloyati statistika boshqarmasida call-markaz tashkil etildi.

2025-yilda Xorazm viloyatida faoliyat yuritgan sport-taʼlim muassasalari soni 27 tani tashkil etdi.

2026-yilning 1-oktabr holatiga koʻra, viloyatda 4 192 ta sanoat korxonasi faoliyat yuritib kelmoqda.

Viloyat boʻyicha 2026- yilning 1-  oktabr holatiga yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlar sohasida 2 084 ta korxona va tashkilot faoliyat yuritdi.

2026- yilning 1- oktabr holatiga viloyatimizda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat yuritayotgan 223 ta korxona va tashkilotlar sonining davlatlar kesimidagi tarkibi quyidagicha:

2026-yilning 1-oktabr holatiga viloyatimiz 27 332 ta tadbirkorlik subyekti faoliyat yuritmoqda.

Joriy yilning yanvar-avgust oylarida viloyatimiz xorijga  qiymati 106,0 mln AQSH dollarilik toʻqimachilik mahsulotlarini eksport qilgan.

2026- yilning yanvar-avgust oylarida Xonqa tumanida koʻrsatilgan xizmatlar hajmi 1 235,8 mlrd soʻmni tashkil etdi.

2026- yilning yanvar-sentabr oylarida viloyatimiz boʻyicha 195 ta yangi oilaviy korxona tashkil etildi.

2026- yilning 1- oktabr holatiga sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida 885 ta korxona va tashkilot faoliyat koʻrsatgan boʻlib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 108 taga oshgan.

🗓️ 2026- yilning 15-oktabridan eʼtiboran  respublikamizda biznesni roʻyxatga olish tadbiri boshlandi.

💼 Roʻyxatga olish ishlari statistika tizimi xodimlari va mahallalarning hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilmoqda.

Joriy yilning yanvar-avgust oylarida viloyatimizda 1 188,6 mlrd soʻmlik aloqa va axborotlashtirish xizmatlari koʻrsatilgan boʻlib, xizmatlar hajmi 15,0 % ga oʻsdi.

Viloyatimizda 2026- yilning 8 oyida 334,6 mlrd soʻmlik ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari amalga oshirildi.

Oʻtgan yilning tegishli davriga nisbatan hajmning 25,3 % oʻsishi qayd etildi.

2026- yil 1- oktabr holatiga viloyatimizda 27 332 ta tadbirkorlik subyekti faoliyat olib bormoqda.