22/10/2026

Viloyatimizda 2026-yilning 15-oktabridan eʼtiboran boshlangan biznesni roʻyxatga olish tadbirini oʻz muddatida va sifatli oʻtkazish maqsadida Xorazm viloyati statistika boshqarmasida call-markaz tashkil etildi.

Ushbu aloqa markazi tadbir davomida biznes subyektlari va roʻyxatga oluvchi xodimlar (hokim yordamchilari)ga amaliy koʻmak berish boʻyicha faoliyat olib bormoqda.

Xususan, markaz xodimlari tomonidan mustaqil roʻyxatdan oʻtuvchilar (oʻzini-oʻzi band qilgan jismoniy shaxslar)ga soʻrovnoma savollarini toʻldirish boʻyicha tushuntirishlar berilib, tadbirkorlarning jarayonga doir savollariga oʻz vaqtida va tezkor javob, yoʻl-yoʻriq va tavsiyalar berib borilmoqda.

 

Call_senter_1851

 

Axborot xizmati