25/05/2023

Bugun, 25- may kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari X.Egamov (Xonqa tumanida), boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari  U.Bardiyev (Urganch shahrida) va Xizmatlar statistikasi bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari Q.Matchanovlar (Yangiariq tumanida) xizmatlar sohasida o‘zini o‘zi band qilgan jismoniy shaxslar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyatini o‘rganish yuzasidan kuzatuv o‘tkazdilar.

    Kuzatuv davomida xizmat ko‘rsatish bo‘yicha shu kungacha o‘tkazilgan kuzatuvlardagi kamchiliklarga keyingi tanlanma kuzatuvlarida yo‘l qo‘ymaslik va ularni sifatli tashkil etish bo‘yicha hududiy bo‘lim intervyuyerlariga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.



Axborot xizmati