2022- yilning yanvar oyi holatiga viloyatda aholi jon boshiga sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishning o‘rtacha hajmi 584,7 ming so‘mni tashkil qilgan.
Hududlar bo‘yicha yirik sanoat korxonalari joylashgan Tuproqqal’a tumani (10 073,8 ming so‘m) va Urganch shahrida (1 123,2 ming so‘m) viloyat darajasidan yuqori ko‘rsatkich qayd etilgan.
Ma’lumot uchun: 2022- yilning yanvar oyida viloyatning sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmida Tuproqqal’a tumanining ulushi 50,1 % ni, Urganch shahrining ulushi 14,7 % ni tashkil etgan.
Axborot xizmati