2026- yilning 10- aprel kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasida xodimlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish va ularning qonunchilikdagi yangiliklardan xabardorlik darajasini oshirishga qaratilgan seminar boʻlib oʻtdi.
Seminar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi bilan muloqot tizimini samarali tashkil qilish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-51-sonli Farmonining mazmun va mohiyatini tanishtirishga bagʻishlandi.
Boshqarma bosh yuriskonsulti I.Otajonov ushbu Farmon bilan aholi va davlat organlari oʻrtasida ochiq va samarali muloqotni taʼminlash, Xalq qabulxonalarining yagona vertikal ish tizimini tashkil eish orqali ular faoliyatini samarali tashkil etish, davlat organlarining jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimlari (axborot xizmatlari) bilan hamkorligini taʼminlash orqali murojaatlarning bevosita hududlarda koʻrib chiqilishiga erishish amaliyoti tadbiq qilinishi belgilanganligi boʻyicha batafsil maʼlumotlarni berib oʻtdi.


Axborot xizmati



