2026-yilning yanvar-fevral oylarida viloyatimizda yirik qurilish tashkilotlari tomonidan 99,8 mlrd soʻmlik qurilish ishlari bajarildi va oʻsish surʼati oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 112,8 % ni tashkil qildi.
Yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlarining eng yuqori oʻsish surʻatlari Urganch tumani (10,7-marta), Yangibozor tumani (4,2-marta), Xiva shahri (3,9-marta) va Xiva tumanida (3,4-marta) qayd etildi.

Axborot xizmati



