2022- yilning yanvar oyida yashash va ovqatlanish sohasida 11,6 mlrd. so‘mlik xizmatlar ko‘rsatilgan.
2021- yilning yanvariga nisbatan o‘sish sur’ati 96,4 % ni tashkil qilgan (3,6 % ga kamaygan).
Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlarning umumiy hajmida oziq-ovqat va ichimliklar bilan ta’minlash bo‘yicha xizmatlarning ulushi 83,7 % bilan ustunlik qilgan.
Ma’lumot uchun: viloyatda ushbu xizmatlar sohasida 2022- yilning 1- fevral holatiga 1 575 ta korxona va tashkilot faoliyat yuritgan bo‘lib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan ularning soni 185 taga oshgan.
Axborot xizmati