Joriy yilning 5-sentabr kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasida xodimlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish va ularning qonunchilikdagi yangiliklardan xabardorlik darajasini oshirishga qaratilgan seminar boʻlib oʻtdi.
Seminarda ishtirokchilarga “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jinoyat protsessida majburlov choralari instituti takomillashtirilayotganligi munosabati bilan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-1081-sonli qonun hamda “Tovarlarni bojxona hududida qayta ishlashni yanada soddalashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining VM-555-sonli qarori xususida maʻlumot berildi.
Axborot xizmati