08/02/2022

Dastlabki  ma’lumotlarga ko‘ra, 2022- yilning 1- yanvar holatiga Urganch tumani doimiy aholisi soni 205 480 kishini tashkil qilgan. Bu viloyat bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkichdir.

  2021- yilning yanvar-dekabr oylarida tumanda 4 437 ta tug‘ilish qayd etilgan.

 Aholining tabiiy o‘sishi 16,8 promillega (har 1000 aholiga nisbatan) teng bo‘lgan. Tumanda aholi zichligi 1 kv.km.ga 457 kishiga to‘g‘ri kelgan.

 Shu davrda tuzilgan nikohlar soni – 1 596 tani, ajralishlar soni 183 tani tashkil etgan.

 

                                              Axborot xizmati