Xorazm viloyati statistika boshqarmasida joriy yilning 4- fevral kuni 2021- yil IV chorak yakunlariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilishda boshqarma rahbariyati, tarmoq bo‘limlari va hududiy statistika bo‘limlarining boshliqlari (onlayn) ishtirok etishdi.
Yig‘ilish kun tartibida, 2021- yil IV chorak yakunlari bo‘yicha Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan shu yilning 2- fevralida o‘tkazilgan kengaytirilgan Hay‘at yig‘ilishi natijalaridan kelib chiqqan holda, o‘tgan davrda boshqarmaning tarmoq bo‘limlari hamda tuman (shahar) bo‘limlarining barcha yo‘nalishlardagi faoliyati tanqidiy tahlil qilindi, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish va galdagi vazifalarni amalga oshirish yuzasidan chora-tadbirlar belgilab olindi.
Yig‘ilishni boshqarib borgan viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘i X. Egamov kun tartibiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumatining hujjatlari hamda topshiriqlarida Davlat statistika idoralari oldiga qo‘yilgan vazifalar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020- yil 3- avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasining Milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori va “2020–2025- yillarda O‘zbekiston Respbulikasida statistikani rivojlantirishning milliy strategiyasi” da davlat statistika idoralariga yuklatilgan vazifalar hamda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar borasida alohida to‘xtalib, mas’ullarga tegishli topshiriqlarni berdi.
Shu qatorda Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-son qarori doirasida aholini ro‘yxatga olish ishlariga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.
Yig‘ilish yakunida ijro intizomi va tashkiliy masalalar ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, ish faoliyatini namunali yo‘lga qo‘ygan ishchi-xodimlarni rag‘batlantirish, vazifalarni o‘z vaqtida bajarmagan xodimlarga tegishli choralar ko‘rish bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.
Axborot xizmati