Xorazm viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, Qo‘shko‘pir tumanida boqilayotgan qo‘y va echkilar soni 87,5 ming boshni tashkil qilib, bu bo‘yicha tuman viloyatda yetakchilik qilmoqda.
2021- yilning yanvar-iyun oylarida Qo‘shko‘pir tumanida ishlab chiqarilgan qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaliklari mahsulot (xizmat) lari hajmi 721,1 mlrd.so‘mni tashkil qilgan.
Shundan 22,8 % ni dehqonchilik mahsulotlari, 77,2 foizini chorvachilik mahsulotlari tashkil etgan.
Tumanning qishloq xo‘jaligi mahsulotlari etishtirish ko‘rsatkichlari:
? Don – 21 706 tonna,
? Kartoshka – 3 626 t,
? Sabzavot – 8 558 t,
? Poliz mahsulotlari – 1 024 t,
? Meva – 2 782 t,
? Uzum – 71 t,
? Tuxum – 31 045 ming dona,
? Sut – 18 847 t,
? Go‘sht (tirik vaznda) – 8 991 t,
? Baliq – 412 t.
Axborot xizmati