Xorazm viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning yanvar-may oylarida viloyatda 2 017 ta yangi korxona va tashkilot tashkil etilgan.
Yangi tashkil qilingan korxona va tashkilotlar statistikasi:
✅ Hududlar bo‘yicha eng ko‘p yangi korxona Urganch shahrida (424 ta) tashkil qilingan,
✅ Iqtisodiy faoliyat turiga ko‘ra eng ko‘p yangi korxona va tashkilot savdo sohasida tashkil topgan – 578 ta,
✅ Tashkiliy-huquqiy shakliga ko‘ra joriy yilning yanvar-may oylarida 462 ta yangi oilaviy korxona, 1 198 ta mas’uliyati cheklangan jamiyatlari,
✅ 19 ta xorijiy kapital ishtirokidagi yangi korxona tashkil etilgan.
Axborot xizmati