Sarapayon qishlog‘i hududida klaster usulida mebel ishlab chiqarish sanoat zonasi tashkil etilib, savdo-tijorat obyektlari, mini zavod, avtoturargoh va 120 ga yaqin mebelsozlarning yangi loyihalari joylashtiriladi.
Tuman hokimi Murodbek Davlatov mebelsozlar va soha mutaxassislari bilan uchrashib, ushbu loyihani muhokama qildi.
Avvalroq, Xonqa tumani mebelsozlikka moslashtirilishi haqida xabar berilgandi.