Xorazm viloyati statistika boshqarmasining ma’lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning 1- iyun holatiga viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan savdo korxona va tashkilotlari soni 6 710 tani tashkil qilib, 2020- yilning yanvar-may oylariga nisbatan ularning soni 21,9 % ga oshgan.
Hisobot davrida savdo sohasida 6 688 ta kichik biznes subyektlari faoliyat ko‘rsatgan.
Tashkiliy-huquqiy shakliga ko‘ra savdo korxonalari tarkibi:
mas’uliyati cheklangan jamiyat - 3 343 ta (2020- yilning 1- iyun davriga nisbatan soni 24,8 % ga oshgan ),
oilaviy korxona – 1 204 ta (38,4 %).
Ma’lumot uchun: 2020- yilning yanvar-may oylari bilan taqqoslaganda viloyatda xorijiy kapital ishtirokidagi savdo korxonalari soni 44,8 % ga ko‘payib, 42 taga etgan.
Axborot xizmati