Xorazm viloyati statistika boshqarmasining ma’lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning 1- iyun holatiga viloyatda jami 4 191 ta oilaviy korxona ro‘yxatdan o‘tgan, shundan 93,7 % yoki 3 926 tasi faoliyat ko‘rsatayotgan korxona hisoblanadi.
Faoliyat ko‘rsatayotgan oilaviy korxonalarning hududlar kesimidagi soni:
- Urganch shahri – 635 ta,
- Urganch tumani – 492 ta,
- Xiva shahri – 483 ta,
- Xonqa tumani – 456 ta,
- Qo‘shko‘pir tumani – 384 ta,
- Xiva tumani – 297 ta,
- Bog‘ot tumani – 265 ta,
- Yangiariq tumani – 238 ta,
- Yangibozor tumani – 231 ta,
- Shovot tumani – 157 ta,
- Gurlan tumani – 139 ta,
- Hazorasp tumani – 110 ta,
- Tuproqqal’a tumani – 39 ta.
Ma’lumot uchun: Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning 1- iyun holatiga respublikamizda jami 51 519 ta oilaviy korxona ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, ulardan
48 252 tasi faoliyat yuritmoqda. Xorazm viloyatining jami faoliyat yuritayotgan oilaviy korxonalar sonidagi ulushi 8,1 % ni tashkil qilgan.
Axborot xizmati