Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2026-yilning 1-aprel holatiga viloyatimizdagi qishloq xoʻjalik faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarda boqilayotgan parrandalarning umumiy soni 2 251,9 ming boshga yetgan.

Ushbu koʻrsatkich 2025-yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,7 % ga oshgan.
Koʻrilayotgan davrda viloyatdagi jami parrandalar soni 7 767,9 ming boshni tashkil qilgan boʻlsa, shundan 29,0 %i qishloq xoʻjalik faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlari hissasiga toʻgʻri kelgan.
Axborot xizmati



