26/05/2026

Bugun, 26-may kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasida xodimlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish va ularning qonunchilikdagi yangiliklardan xabardorlik darajasini oshirishga qaratilgan seminar boʻlib oʻtdi.


Boshqarma bosh yuriskonsulti I.Otajonov seminar ishtirokchilarini  Prezidentning “Chorvachilik tarmogʻi va yaylov xoʻjaligini zamonaviy boshqaruv tizimi va yangicha yondashuvlar asosida rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi  PQ-179-sonli Qarori (2026- yil 12-may) hamda “ Toʻlovga qobiliyatsizlik institutini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi PF-78-sonli Farmonining (2026-yil 6-may) asosiy mazmun-mohiyati bilan tanishitirib oʻtdi.


Shu bilan bir qatorda seminarda may oyida mamlakatimiz qonunchiligida qabul qilingan yangi meʻyoriy-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida maʻlumotlar berildi.



Axborot xizmati