Bugun, 15- iyun kuni shu kabi tadbirlar Qo‘shko‘pir tumani “Taraqqiyot” mahalla fuqarolar yig‘ini va tuman madaniyat bo‘limida, Xonqa tumanidagi 6-son MTM da, Xiva tumanidagi 44-sonli oilaviy poliklinikasi, 38-son umumta’lim maktabi, “Avaz Dunak” hamda “Oq yop” MFY larida, Urganch tumanidagi “Chakka ko‘li” MFY da, Urganch shahridagi “Al-Xorazmiy” MFY va shahar maktabgacha ta’lim bo‘limida tashkil qilindi.
Mazkur tadbirlar davomida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi 710-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish tartibi to‘g‘risida” gi Nizomning asosiy qoidalari bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berib o‘tildi.
Axborot xizmati