Joriy yilning 10- oktabr kuni viloyat statistika boshqarmasida huquqiy targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Tarmoq bo‘limlar hamda hududiy statistika bo‘limlari boshliqlari ishtirok etgan seminarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Kambag‘al oilalar reestri”ga kiritilgan oilalarga kreditlar ajratish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi VM-612 sonli qarori xususida maʻlumot berildi.
Boshqarma bosh yuriskonsulti I.Otajonov ushbu qarorga asosan tashkil etilayotgan “Oilakredit.uz” elektron platformasining ishlash mexanizmlari boʻyicha tushuncha berib oʻtdi.
Axborot xizmati