Joriy yilning yanvar–avgust oylarida viloyatimizda faoliyat yuritayotgan yirik qurilish tashkilotlari tomonidan umumiy hajmi 695,9 mlrd so‘mlik ishlar bajarilgan.
Bu ko‘rsatkich qurilish ishlari umumiy hajmining 8,9 % ini tashkil qilgan.
O‘tgan yilning tegishli davriga nisbatan qurilish ishlarining 4,5 % ga o‘sishi kuzatildi.
Yirik tashkilotlar tomonidan bajarilgan qurilish ishlarining hududlar kesimidagi hajmi:
Urganch shahrida – 190,3 mlrd so‘m
Xiva tumanida – 138,1 mlrd so‘m
Xonqa tumanida – 117,0 mlrd so‘m
Bog‘ot tumanida – 73,2 mlrd so‘m
Urganch tumanida – 45,7 mlrd so‘m
Tuproqqal’a tumanida – 14,9 mlrd so‘m
Hazorasp tumanida – 10,0 mlrd so‘m
Yangibozor tumanida – 9,8 mlrd so‘m
Shovot tumanida – 9,4 mlrd so‘m
Xiva shahrida – 7,0 mlrd so‘m
Gurlan tumanida – 5,5 mlrd so‘m
Qo‘shko‘pir tumani – 4,9 mlrd so‘m
Yangiariq tumanida – 4,4 mlrd so‘m .
Axborot xizmati