15/06/2021

Mamlakatimizda qonuniylik va qonun ustuvorligi ta’minlash, huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati shakllanishida qonunchilikning oshkoraligi, xalqchilligi va samaradorligini ta’minlash muhim ahamiyatga ega. Shu bois O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 14- aprelda “Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan qabul qilinadigan qarorlarni ishlab chiqish, kelishish va ro‘yxatdan o‘tkazishning yagona elektron tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘grisida”gi 218-sonli qarori bilan hokimlar qarorlarini qabul qilish jarayonini butunlay elektron shaklda amalga oshirilishini nazarda tutuvchi “E-qaror” elektron tizimini ishga tushirish belgilandi. Mazkur qaror ijrosini ta’minlash maqsadida viloyatda “E-qaror”  elektron tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha shtab tashkil qilinib, tizimni barcha shahar va tumanlarda joriy qilish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.