14/06/2021

Xorazm viloyati statistika boshqarmasining ma’lumotlariga ko‘ra,  2021- yilning 1- may holatiga viloyatda 21 638 ta tijorat korxonasi ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, shundan 20 166 tasi (93,2 %) faoliyat ko‘rsatgan.

 Joriy yilning yanvar-aprel oylarida viloyat bo‘yicha 1 654 ta yangi tijorat korxonasi tashkil etilgan.

Hududlar kesimida yangi tashkil qilingan tijorat korxona va tashkilotlar soni:

  • Urganch shahri – 344 ta,
  • Urganch tumani – 210 ta,
  • Xiva shahri – 144 ta,
  • Xonqa tumani – 136 ta,
  • Bog‘ot tumani – 121 ta,
  • Hazorasp tumani – 112 ta,
  • Xiva tumani – 108 ta,
  • Qo‘shko‘pir tumani – 103 ta,
  • Gurlan tumani – 94 ta,
  • Shovot tumani – 83 ta,
  • Yangiariq tumani – 69 ta,
  • Yangibozor tumani – 68 ta,
  • Tuproqqal’a tumani – 62 ta.

                                                                             Axborot xizmati