2026-yilning yanvar-iyun oylarida viloyatimizda barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan 160,3 ming tonna sabzavot yetishtirilgan boʻlib, oʻsish surʼati oʻtgan yilning tegishli davriga nisbatan 107,2 % ni tashkil etdi.
Yetishtirilgan hosilning 106,0 ming tonnasi (66,1 %i) dehqon va tomorqa xoʻjaliklari hissasiga toʻgʻri kelgan.
Shuningdek, fermer xoʻjaliklarida 36,8 ming tonna, qishloq xoʻjalik faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarda 17,5 ming tonna sabzavot yetishtirilgan.

Axborot xizmati



