07/08/2026

2026-yilning yanvar–iyun oylarida Xorazm viloyati xorijga 79,5 mln AQSH dollari qiymatidagi sanoat tovarlarini eksport qilgan.

Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 88,7 % ga oʻsgan va sanoat tovarlarining viloyat eksporti umumiy hajmidagi ulushi 30,0 % ni tashkil qilgan.

Eng koʻp sanoat tovarlari eksport qilingan davlatlar:

Rossiya – 30,4 mln dollar

Qozogʻiston – 22,0 mln dollar

Turkiya – 14,7 mln dollar

Xitoy – 3,0 mln dollar.

 

Axborot xizmati