2026-yilning yanvar-iyul oylarida Hazorasp tumani xorijga qiymati 19,5 mln AQSH dollariga teng boʻlgan tovar va xizmatlar eksportini amalga oshirgan.
Oʻtgan yilning mos davriga nisbatan eksport hajmi 2,5 marta koʻpaygan.
Bu viloyat boʻyicha eng yuqori oʻsish koʻrsatkichidir.
Eksport tarkibida:
oziq-ovqat mahsulotlari – 16,4 mln dollarni,
sanoat tovarlari – 2,3 mln dollarni
boshqa mahsulotlar – 0,8 mln dollarni tashkil qilgan.

Axborot xizmati



