07/09/2026

Joriy yilning 7-sentabr kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasida xodimlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish va ularning qonunchilikdagi yangiliklardan xabardorlik darajasini oshirishga qaratilgan seminar boʻlib oʻtdi.

Seminarda ishtirokchilarga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tashqi savdo operatsiyalari boʻyicha muddati oʻtgan debitor qarzdorliklarni qisqartirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-176-son hamda “Xalqaro tan olingan vizalarga ega boʻlgan xorijiy fuqarolar uchun Oʻzbekiston Respublikasiga kirish tartibini soddalashtirish toʻgʻrisida” gi PF-180-sonli Farmonlari xususida maʻlumot berildi.

 

Axborot xizmati