07/09/2026

2026-yilning yanvar–iyul oylarida viloyatimizda koʻrsatilgan bozor xizmatlari hajmi 27,5 trln soʻmni tashkil etdi.

Bu koʻrsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan oʻsish surʼati 117,2 % darajada qayd etilgan.

Xizmat turlari boʻyicha oʻsish surʼatlari:

transport xizmatlari — 129,1 %

taʼlim sohasidagi xizmatlar — 123,3 %

sogʻliqni saqlash sohasidagi xizmatlar — 123,3 %

moliyaviy xizmatlar — 119,1 %

kompyuterlar va maishiy tovarlarni taʼmirlash boʻyicha xizmatlar — 115,3 %

aloqa va axborotlashtirish xizmatlari — 114,9 %

savdo xizmatlari — 113,4 %

yashash va ovqatlanish xizmatlari — 113,8 %

meʼmorchilik, muhandislik izlanishlari, texnik sinovlar va tahlil sohasidagi xizmatlar — 112,4 %

koʻchmas mulk bilan bogʻliq xizmatlar — 110,9 %

shaxsiy xizmatlar — 110,9 %

ijara xizmatlari — 109,4 %

boshqa xizmatlar — 118,1 %.

 

Axborot xizmati