24/07/2025

Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2025-yilning yanvar-may oylarida jami 71,4 ming nafar Oʻzbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda BAAga safar qilgan.

Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 15,7 ming nafarga yoki 28,2% ga oshgan.

Joriy yilning yanvar-may oylarida BAAga borgan Oʻzbekiston fuqarolari safar maqsadlari boʻyicha quyidagicha:

 

sayohat – 63 042 nafar

qarindoshlarni yoʻqlash – 7 397 nafar

xizmat yuzasidan – 571 nafar

davolanish – 225 nafar

oʻqish – 117 nafar.

 Matbuot xizmati