Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 13-martdagi “Milliy statistika tizimi mutaxassislari malakasini oshirish hamda sohaga raqamli texnologiyalarni joriy etishni yanada jadallashtirish orqali yuqori samaradorlikka erishish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-103-son qarorining ijrosini taʻminlash maqsadida joriy yilning 23-25-sentabr kunlari viloyatimizda sayyor malaka oshirish kurslari tashkil etildi.

Milliy statistika qoʻmitasining Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti professor-oʻqituvchilari tomonidan “Statistika asoslari” oʻquv dasturi asosida olib borilgan mashgʻulotlar davomida tinglovchilarga nazariy bilimlar bilan birgalikda statistika tizimidagi yangiliklar, xususan hisobot topshirish bilan bogʻliq jarayondagi oʻzgarishlar boʻyicha axborot berildi.
Seminar yakunida ishtirokchilarga guvohnomalar topshirildi.



Axborot xizmati



