25/09/2026

Xorazm viloyati statistika boshqarmasida meʻyoriy-huquqiy hujjatlarning targʻiboti orqali xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirishga bagʻishlangan seminarlar muntazam tashkil etib kelinmoqda.

Navbatdagi shu kabi seminar joriy yilning 25-sentabr kuni tashkil etildi.

Unda "Statistikani rivojlantirish - 2030" milliy strategiyasini tasdiqlash hamda roʻyxatga olish maʼlumotlaridan samarali foydalanishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PF-190-sonli Prezident farmonining ustuvor vazifalari yuzasidan boshqarma bosh yuriskonsulti I.Otajonov tomonidan tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, “Mehnat sohasida xavfsiz ish muhitini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-345-sonli Prezident qarorining mazmun va mohiyati boʻyicha maʼlumot berildi.

 

Axborot xizmati